"Barsa" "Ayaks" himoyachisi Lisandro Martinesni xarid qilishi mumkin. Uni 25 mln evroga baholashmoqda

Alisher
24 may 2021, 09:16
"Ayaks" himoyachisi Lisandro Martines faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

"Barselona" futbolchini diqqat bilan kuzatmoqda, sababi ular chap oyoqqda o'ynaydigan markaziy himoyachi qidirishmoqda.

Qayd etish kerakki, argentinalikning narxi 25 million evroni tashkil etadi, ammo kataloniyaliklarning biror bir o'yinchisi qo'shilgan taqdirda, u pasayishi mumkin.

Lisandro Martines joriy mavsum Eredivizi doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com