Barkli tizzasidagi muammo tufayli 5 oy futbol o'ynamasligi mumkin

Narzulla Saydullayev
17 avg 2014, 10:00
Everton ustozi Roberto Martines yarim himoyachi Ross Barkli jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqishi mumkinligini aytib o'tdi.
Barkli juma kungi mashg'ulotlar vaqtida jiddiy jarohat oldi. Futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tish uchun jo'nab ketdi. Martines Lesterga qarshi o'yindan so'ng (2:2) Ross 4-5 oyga muddatga safdan chiqqanini ma'lum qildi.

Bunday jarohat bilan anchagacha futbol o'ynab bo'lmaydi, – deydi murabbiy.

20 yoshli futbolchi katta ehtimol bilan Angliya terma jamoasining Evro-2016 saralashi doirasidagi Shveytsariya, San-Marino va Estoniyaga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru