Bangladesh terma jamoasining 11 futbolchisi koronavirusga chalindi

Xayrulla Xoliqov
8 avg 2020
Bangladesh terma jamoasi a'zolari navbatdagi yig'in oldidan COVID-19ga test topshirishdi.

Tahlil natijalari chiqqach 11 nafar futbolchining koronavirusga chalingani ma'lum bo'ldi. Angliyalik murabbiy Jeymi Dey 36 futbolchini terma jamoaga taklif etib, yig'in o'tkazishni maqsad qilgandi.

- "Qizig'i shundaki, toki test topshirmaguncha hech qaysi futbolchida kaksallik belgilari ko'rinmayotgandi", - deydi Bangladesh futbol federatsiyasi bosh kotibi Abu Nayiim Shohag. Yig'indan ko'zlangan maqsad, JCH-2022 saralash bosqichiga tayyorgarlikni davom ettirish. 

Bangladesh terma jamoasi navbatdagi rasmiy o'yinlarini Afg'oniston, Qatar, Hindiston va Ummonga qarshi o'tkazadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com