

La Gazzetta dello Sport manbasiga ko'ra, futbolchining agenti Mino Rayola mijozining xizmatlarini “Jenoa”ga taklif etgan. Hozirda muzokaralar boshlangani aytilmoqda.
30 yoshli Mario “Breshiya” rahbariyati bilan janjallashib qolgan. Avvalroq, OAV orqali tomonlar o'zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilishi mumkinligi xabar qilingandi.
“Jenoa” italiyalik hujumchi bilan 1+1 ko'rinishida bitim tuzmoqchi. Balotelli “Breshiya” safida A Seriyada 19 o'yinda qatnashib, 5 ta gol urishga erishgan.



