Ballak: "Kosta - professional va Xitoydan bo'lgan taklifni rad etishga qodir"

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2017, 11:16
"Chelsi" sobiq yarim himoyachisi Mixael Ballakning fikricha, London klubi hujumchisi Diego Kosta haftasiga 400 ming funt taklif qilgan "Tyanczin Cyuanczyan"ning taklifini rad eta oladigan professional.

"Klubga qanday munosabatda bo'lish bu Kostaning ishi. Chunki u "Chelsi"da o'ynaydi, ushbu klub esa unga porlash va Yevropaning eng yirik jamoalaridan birida o'ynash imkonini berdi. Kosta buni unutmasligi kerak. Xitoydan juda katta takliflar kelyapti, ammo futbolchilar Yevropaning eng yaxshi jamoasida ekanligini unutmasligi kerak. Agar klublarning sifatini hisobga olsak, futbolchilar yaxshi pul topishmoqda. Xitoyning takliflari katta havotir uyg'otmoqda. Ammo Kosta professional va "Chelsi" qanchalik kuchli klub ekanligini yaxshi biladi" - deydi Ballak.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TalkSPORT