Bahrom Haydarov: "Bugungi mag'lubiyat uchun barchadan uzr so'rayman"

Mirjalol Normatov
13 iyun 2025
Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Mashal" (0:4) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov uchrashuv haqida fikr bildirdi.

"Bugungi natija uchun muxlislardan uzr so'rayman. Ilk daqiqadagi gol uchrashuv taqdirini o'zgartirib yubordi. Jamoam birinchi bo'limda gol urish uchun ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldi. Afsuski bugun bizning kun emas ekan. Ikkinchi bo'limni ham hujumkor boshladik. Ammo ikkinchi gol barchasini o'zgartirib yubordi. Yana bir bor bugungi uchrashudagi natija uchun jamoam va murabbiylar shtabi nomidan uzr so'rayman", - dedi Bahrom Haydarov.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia