Bahriddin Vahobov Gennadiy Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubiga a'zo bo'ldi

Narzulla Saydullayev
29 iyun 2015
Asli denovlik bo'lgan Bahriddin Vahobov bu yil O'zbekiston chempionati va kubogidagi gollari sonini 100taga etkazib oldi va “Gennadiy Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubiga” a'zo bo'ldi.
"Qizilqum" hujumchisi bilan suhbatlashganimizda, oliy ligadagi ilk golini ham aytib berdi.

Bahriddin Vahobov: "100ta golimning dastlabkisini "Mashal"ga urgandim"

- To'g'risi urgan gollarimni o'zim hisoblab yurmayman. Umumiy gollarim soni 100ta yaqinlashib qolganini yaqinda "Olmaliq" matbuot kotibi Baxtiyor aka Shirinov aytib berdi. Agarda "Metallurg" bilan o'yinda bitta gol ursam Krasnickiy klubiga a'zo bo'lishimni bilgach, buning uchun astoydil harakat qildim va niyatimga etdim.

- Oliy ligadagi ilk golimni "Mashal"ga qarshi o'yinda urgandim. O'sha vaqtda men Termizning "Surxon" jamoasida o'ynardim.

- Oradan mana 13 yil o'tib, gollarim soni 100taga etdi. Albatta buncha muddat ichida 100ta gol urish oz. Lekin buning sabablari ham bor albatta. Yani men orada 5-6 yil yarim himoyada o'ynadim - deydi Bahriddin Vahobov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia