Bahrayn TJ Ukrainaga qarshi o'rtoqlik o'yini uchun futbolchilar qaydnomasini e'lon qildi

Eldor Akmurzayev
20 may 2021
Bugun, 20 may kuni Bahrayn termasi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish uchun Ukrainaga yo'l oldi.

Portugaliyalik mutaxassis Eliu Souza bo'lajak o'yin uchun termaga 23 futbolchini jalb qildi.

Darvozabonlar: Ibrohim Lutfalla ("Al Xalidiya"), Sayid Shubbar Alavi ("Al Riffa"), Muhammad Ahmad Marxun ("Malkiya").

Himoyachilar: Sayid Mahdi Bakir, Hamad Shamsan, Ali Madan, Sayid Radha Issa (barchasi – "Al Riffa"), Sayid Qosim Alaviy ("Al Xalidiya"), Ahmad Abdulla ("Al Najma"), Axmad Nabil ("Manama"), Abdulla Al Haza ("Ist Riffa").

Yarim himoyachilar: Ali Xaram, Jassim Al Shayx, Muhammad Jassim Marxun, Komil Al Asvad, Haza Ali (barchasi – "Al Riffa"), Jassim Halif ("Al Budayi"), Mahdi Al Xumaydan ("Al Ahli"), Sayid Dxiya Sayid ("Al Nasr", Quvayt).

Hujumchilar: Sayid Xoshim Issa ("Al Riffa"), Muhammad Al Rumayxi ("Ist Riffa"), Mahdi Abd Al Jabbor ("Manama"), Abbos Al Asfur ("Al Shabab").

Ukraina – Bahrayn uchrashuvi 23 may kuni Xarkovda bo'lib o'tadi. Bahraynliklar mazkur o'yin oldidan "Metallist" stadionida uchta mashg'ulot o'tkazadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ua-football.com