

O'zbekistonlik Izzatbek G'aniev to'p tepayotgan "Al Hala Muharraq" klubi bu turda safarda "Al Riffa" klubi mehmoni bo'ldi.
55-daqiqada Samuel Arauxoning urgan goli "Al Hala"ga g'alaba keltirdi. G'aniev o'yinda to'liq harakat qildi va sariq kartochka oldi. Klub 11ta o'yindan so'ng 10 ochko to'plab musobaqa jadvalining 9-pog'onasida bormoqda.
Bahrayn premer-ligasi
"Al Riffa" - "Al Hala Muharraq" 0:1
Gol: Samuel Arauxo 55




