Bahrayn murabbiyi kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi

Xayrulla Xoliqov
7 dek 2018
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi boshlanishiga ham borgan sari kam vaqt qolyapti.

Bahrayn terma jamoasi bosh murabbiyi Miroslav Sukup 28 futbolchidan iborat tarkibni e'lon qildi. Ushbu futbolchilar shu oyda tashkil etiladigan yig'inda ham ikkita o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishadi. Bahrayn dekabrda ikkita nazorat bahsi o'tkazadi: 20 dekabr Tojikiston va 29 dekabr KXDRga qarshi. Har ikkala uchrashuv Bahraynda bo'lib o'tadi.

Murabbiy e'lon qilgan ro'yxatda Jassim Al Shayx, Mahdi Xemaydan, Ahmad Bu Gammar, Ahmad Merza, Ali Haram, Abdulkarim Al Fardan kabi mahalliy klublarda to'p tepadigan futbolchilar hamda Muhammad Al Hardan ("Sfintul" Moldova), Sayed Deya Said ("Al Nasr" Quvayt), Abdulla Yusif ("Bogemians 1905" Chexiya) kabi legionerlar bor.

Bahrayn terma jamoasi Osiyo Kubogida "A" guruhidan joy olgan va o'z o'yinlarini BAA, Hindiston va Tailandga qarshi o'tkazadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com