Bahodir Shaymardonov: "G'ijduvon"da moliyaviy muammo yo'q, faqat g'alaba etishmayapti, xolos"

Sherzod Nurmatov
19 mar 2022
Pro liganing 3-turidan o'rin olgan "Aral Samali" – "G'ijduvon" (2:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Bahodir Shaymardonov matbuot anjumanida qatnashdi.





"Bugun muxlislar chiroyli o'yin guvohiga aylanishdi. Biz uchun esa juda og'ir o'yin bo'ldi, yigitlar kuchli bosim ostida o'ynashdi. Mag'lubiyatga ko'plab xatolarimiz sabab bo'ldi. Bundan tashqari, hakamlarning ko'pgina qarorlaridan norozimiz. Penalti berilmagani yigitlarga ruhiy jihatdan ta’sir qildimi, bilmadim", – dedi Bahodir Shaymardonov.  

- "G'ijduvon" klubida moliyaviy vaziyat qanday? 

- Jamoada hech qanday moliyaviy muammo yo'q. Barcha oyliklar o'z vaqtida to'langan. Faqat g'alaba qozonish qoldi, xolos. 

- Bugun "G'ijduvon" g'alaba qozonishi mumkinmidi? 

- Ishtiyoqimiz juda baland edi. Nukusga faqat g'alaba uchun kelgandik. Bosim katta bo'ldi, shekilli. Faqat gol urishni o'ylab himoyani unutib qo'ydik. 

- "Aral Samali" tarkibidan kimni alohida ko'rsata olasiz? 

- Himoyachi, adashamasam 5-raqamda o'ynadi (Temur Masharipov – tahr.). Shu futbolchi jamoa o'yinini boshqarib turdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia