

"Aslida uchrashuvda ishtirok etmasligim kerak edi. Bosh murabbiyimiz o'yindan avval meni kubok uchun asrayotganini aytib o'tgan edi. Ammo hisob 2:1 bo'lib turgan paytda maydonga tushirishga qaror qildi. "Malavan"ga qarshi o'yinning 80-daqiqasida o'zimiz uchun kerakli bo'lgan golni urib oldik. Aslida birinchi ligadan chiqqan jamoa uchun 10-o'rin yomon emas. Eron chempionatining kuchini bu erga kelib bildim. Maqsad kubokni qo'lga kiritish, ammo bu oson emas. Kubok chempionlar ligasiga yo'llanma beradi, shuning uchun unga bo'lgan e'tiborjuda katta", - deydi Nasimov kechagi uchrashuvdan so'ng saytimizga bergan intervyusida.



