

Futbolchi bir necha kundan buyon Janubiy Koreyada bo'lib turgandi. Klub o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Ikkita golga mualliflik qilgan Nasimov bugun 2 yillik shartnomaga imzo chekdi. Bu haqda futbolchining o'zi saytimizga ma'lum qildi.
Nasimov yakunlangan mavsumda "Bunyodkor" safida 26ta o'yinda maydonga tushib 8ta gol urdi. Hujumchi faoliyati davomida Samarqandning "Dinamo", Qozonning "Rubin", Bokuning "Neftchi", Eronning "Padideh" klublari sharafini himoya qilgan.
Ma'lumot uchun, "Ansan Greeners" klubi Janubiy Koreyaning birinchi divizionida ishtirok etadi.



