

"Oldindagi musobaqalarga tayyorgarlik juda yaxshi ketyapti. O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Albatta yo'qotishlarni aytib o'tishim kerak, jarohatlanganlar ko'p. Mavsum tugaganiga ko'p bo'lmadi. Futzalchilar hali formada emas. Ispaniyalik mutaxassi bilan birgalikda ularni sport formasini yaxshi holatga keltira olamiz.
Jismoniy tayyorgarlik jarayonida Turkmaniston bilan o'ynaymiz. Og'ir holatda yigitlar o'zlarini ko'rsatishlari kerak bo'ladi", - deydi Bahodir Ahmedov.



