Bahodir Ahmedov: "Bugungi o'yindan kelib chiqsak, yigitlardan ko'nglim to'q"

Sherzod Nurmatov
24 sen 2021
Futzal bo'yicha Jahon chempionati nimchorak finali doirasidagi O'zbekiston - Eron dramatik uchrashuvidan keyin (8:9) termamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov fikrlarini bildirdi.

"Eron terma jamoasi juda kuchli. Dunyo bo'yicha 3-4-o'rinlarda yuradidan yetakchi terma jamoalardan biri hisoblanadi. Orqa chiziqda qilgan xatolarimiz va o'z imkoniyatlarimizda foydalana olmaganimiz tufayli mag'lubiyatga uchradik", – Bahodir Ahmedov

- Umumiy turnir haqidagi xulosalaringiz qanday?

- Yigitlarimiz juda yaxshi o'yin ko'rsatishdi, lekin bundan ham yaxshiroq o'yin ko'rsata olishardi. Bugungi o'yindan kelib chiqsak, yigitlardan ko'nglim to'q. Xudo xohlasa keyinchalik ham yaxshi o'yin ko'rsatib, saviyamizni oshirishga intilamiz. 

- Jamoamiz yosh. Keyingi musobaqalarda yaxshi natija kutsak bo'ladimi?

- Albatta, kutsak bo'ladi. O'z ustimizda ishlashimiz lozim. Jamoamiz juda yaxshi shakllangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia