BAAda klublar o'rtasidagi JCHning o'tkazish vaqtlari ma'lum bo'ldi

Alisher
29 noya 2021, 14:28
Klublar o'rtasidagi Jahon Chempionati 2022 yilning 3-12 fevral kunlari BAAda bo'lib o'tadi.

Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar bermoqda. Musobaqaga bugun Cyurixda qur'a tashlanadi.

Qur'aga ko'ra 8ta o'yin aniqlanadi va ularda har bir konfederatsiyaning vakillari bilan bir-biri bilan o'ynaydi.

Eslatib o'tamiz, musobaqada Chelsi (Angliya), Palmeyras (Braziliya), Al Hilol (Saudiya Arabistoni), Al Ahli (Misr), Monterrey (Meksika), Oklend Siti (Yangi Zelandiya) va Al Jazira (BAA) jamoalari ishtirok etadi.


AlisherMuallif
Manba: fifa.com