BAA. Shukurov to'liq o'ynagan bahsda “Sharja” g'alabaga erishdi

Eldor Akmurzayev
11 mar 2022
BAA Oliy divizioni 19-turida “Sharja” o'z maydonida “Ajman”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.

O'yinda Kayo dublga erishgan bo'lsa, raqiblardan himoyachi Muhammad Hilol gol muallifiga aylandi.

Sharjaliklar safida o'yinda to'liq ishtirok etdi. Uning jamoasi ayni vaqt musobaqa jadvalida 36 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda. Peshqadam “Al Ain” hisobida esa 43 ochko mavjud.

“Sharja” – “Ajman” 2:1 (1:0, 1:1)

“Sharja” stadioni

Gollar: Kayo 38 – 1:0, Muhammad 77 – 1:1, Kayo 90+1 (pen.) – 2:1.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia