

Uchrashuvda "Shabab Al Ahli" safarda ekanligiga qaramay, 5:2 hisobida g'alaba qozondi. Jamoa safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Aziz G'aniev asosiy tarkibda maydonga tushib, jamoasining ikkinchi goliga assistentlik qildi. Shuningdek, u 77-daqiqada ogohlantirildi.
Mazkur turdan so'ng "Shabab Al Ahli" 55 ochko to'plagan holda turnir jadvalining 2-pog'onasida bormoqda.



