

Uchrashuvga ikki haftadan kamroq vaqt qolganiga qaramay chiptalar hali hamon sotuvga chiqarilmagan. Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, Amirliklar assotsiatsiyasi nihoyat O'FAning OFK reglamentiga muvofiq stadion sig'imining sakkiz foiziga teng chiptalarni sotib olish bo'yicha so'roviga nihoyat javob bergan. Mezbon tomon ma'lum qilishicha, O'FA qoida bo'yicha xarid qilish huquqiga ega bo'lgan chiptalarni sotib ololmaydi va barcha chiptalar keyingi hafta sotuvga chiqariladi. Biroq o'zbekistonlik muxlislar uchun sotiladigan chiptalar soni ma'lum emas. O'zbekiston terma jamoasi ishqibozlariga ajratilgan sektorlardagi chiptalar aynan kimga va qanday sotilishi ham noaniq.
Chiptalar ticketmaster.ae platformasida sotiladi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv Abu-Dabidagi 15 ming tomoshabinga mo'ljallangan "Al Nahayyon" stadionida bo'lib o'tkaziladi.
BAA – O'zbekiston uchrashuvi uchun o'zbekistonlik muxlislarga nechta chipta taqdim etiladi?



