BAA. Otabek Shukurov golli pas berdi, Mozgovoy zaxiradan o'yinga qo'shildi, ularning jamoasi g'alabaga erishdi

Aslanov Jasurbek
29 dek 2026
BAA Pro ligasining 10-turida "Al Dafra" "Bani Yas"ni qabul qildi.

O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi, "Bani Yas" sharafini himoya qilayotgan Otabek Shukurov bahsni asosiy tarkibda boshladi. "Bani Yam" safidagi yana bir o'zbekistonlik futbochi Akmal Mozgovoy esa 68 daqiqada zaxiradan bahsga qo'shildi. Uchrashuv 0:2 hisobida mehmon jamoa g'alabasi bilan yakun topdi. Shukurov ikkinchi golga assistentlik qildi, Mozgovoy esa sariq kartochka oldi.


29 dek 2026, 20:45
Al Dhafra — Bani Yas
0 – 2
Tugadi

Asosiy tarkiblar:

"Al Dafra": Al Saed, Al Karbi, Amesimeku, Serafim, Noumonvi, Joo, Gudmundsson, Jobson, El Xalui, Soussi, Ibrahim.

"Bani Yas": F.Mohamed, Al Noobi, Jekovich, Kamara, Xant, Avana, Shukurov, Koroma, Vamba, Saviour, Niakate.


BAA PRO LIGASI JADVALI


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia