BAA liga kubogi. "Al Vahda" yirik hisobdagi g'alaba evaziga finalga yo'l oldi, Erkinov 77 daqiqa o'ynadi

Оқил Абдубарноев
7 mar 2024, 23:21
BAA liga kubogi 1/2 finali javob uchrashuvidan o'rin olgan "Al Vahda" - "Al Vasl" uchrashuvi yakunlandi.

Dastlabki o'yinda 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchragan "Al Vahda" o'z maydonida raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan, javobsiz to'rtta to'p kiritdi va finalga yo'l oldi. 

Mezbonlar tarkibida o'zbekistonlik vinger Hojimat Erkinov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 77-daqiqada zaxiraga olindi.

"Al Vahda" -  "Al Vasl" 4:0

Gollar: Ahmad Nurullohi (12), Fakundo Kruspski (40), Omar Xarbin (82), Lukas Pimenta (87).


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia