BAA chempionati. Masharipov zaxiradan tushib, debyut qilgan bahsda “Shabab Al Ahli” zafar quchdi

Eldor Akmurzayev
30 yanv 2021
Musobaqa 14-turidan o'rin olgan uchrashuv Dubayda “Shabab Al Ahli” hamda "Ittihod Kalba" o'rtasida bo'lib o'tdi.

Unda mezbonlar Muhammad Juma Iyd va Majid Hassanning gollari evaziga 2:0 hisobida zafar quchdi. Azizjon G'aniev bahsni to'liq o'tkazdi. Ijara asosida dubayliklar safiga kelib qo'shilgan Jaloliddin Masharipov esa 72-daqiqada argentinalik yarim himoyachi Federiko Kartabiyaning o'rniga maydonga tushib, yangi jamoasida debyut qildi.

Ushbu g'alabadan keyin “Shabab Al Ahli” ochkolari sonini 22 taga etkazgan holda musobaqa jadvalida 6-o'ringa ko'tarildi.

“Shabab Al Ahli” – “Ittihod Kalba” 2:0 (2:0, 0:0)

“Al Rashid” stadioni

Gollar: Juma 28 – 1:0, Hassan 30 – 2:0

“Shabab Al Ahli”: Nosir, Haykal, Jobir, Al Kamoli, Al Blushi, Hassan, G'aniev, Kartabiya (Masharipov 72), Juma Iyd (Al Hassani 90), Eduardu (Al Naqbi 72), da Kruz.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia