BAA chempionati, 10-tur. "Al Shabab"da g'alaba, Aziz Haydarovdan gol

5 dek 2015, 19:44
Birlashgan Arab Amirliklarida o'ynaydigan hamyurtimiz Aziz Haydarov to'p tepadigan "Al Shabab" jamoasi 10-turda o'z uyida "Al Fujayra"ni qabul qildi.

15-daqiqasida braziliyalik Jo hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o'tgach Aziz Haydarov ikkinchi bor mehmonlar darvozasini ishg'ol qildi. Muborak Hassan hisobni qisqartirdi. Bunga Muhammad Juma yana bitta gol bilan javob berdi - 3:1.

O'yinning ikkinchi bo'limida Muhammad Juma dublga erishdi - 4:1. Shu tariqa "Al Shabab" yirik g'alabaga erishdi.

BAA chempionati, 10-tur.

"Al Shabab" - "Al Fujayra" 4:1
Gollar
: Jo 15, Azizbek Haydarov 25, Muhammad Juma 34, 49 - Muborak Hassan 32


Manba: championat.asia