Azmun "Yuventus" va "Betis" qiziqishlari doirasida

Mirjalol Normatov
28 okt 2021
"Zenit" forvardi Sardor Azmun faoliyatini Yevropaning boshqa chempionatida davom ettirishi mumkin.

"Le Quotidien du Sport" xabariga ko'ra, "Yuventus" va "Betis" uning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Ikki klub ham uni 2022 yili erkin agent sifatida o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi.

"Zenit" esa uni o'z tarkibida saqlab qolishga qiynalishi kutilmoqda. Chunki klub unga yiliga 10 million evro maosh bera olmaydigan bo'lmoqda.

Eronlik forvard ushbu mavsumda RPLning 10 o'yinida 7 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le Quotidien du Sport