Azmun Uels bilan o'yinda to'liq harakat qiladimi? Uning o'zi javob berdi

Sherzod Nurmatov
22 noya 2022
Serdar Azmun JCH-2022 bahslariga tayyorligi haqida gapirdi.

Kuni kecha Angliya bilan 1-tur uchrashuvida (2:6) Eron terma jamoasi hujumchisi 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

"Jarohatdan keyin o'zimni allaqachon normal his qilyapman.

Qachon 90 daqiqa o'ynashim mumkin? O'ylaymanki, keyingi o'yinda. Hammasi yaxshi bo'ladi", – dedi Azmun.

Eron terma jamoasi 25 noyabr kuni Uels bilan uchrashadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport24