Aziz Turg'unboev: "Bu mening eng yaxshi o'yinim emas. Hammasi oldinda"

Aslanov Jasurbek
28 iyun 2021
Toshkentning "Paxtakor" klubi Superliganing 11-turida "Surxon"ga qarshi maydonga chiqdi.

Yirik 4-0 hisobida g'alaba qozongan  "sherlar"ning ikki goliga Aziz Turg'unboev mualliflik qildi. Biz esa ushbu uchrashuvdan so'ng Aziz Turg'unboevning fikrlari bilan qiziqdik.

"Yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsakda, o'yin ancha qiyin o'tdi. Ayrim vaziyatlardan foydalana olmadik. O'tgan uchrashuvda  "Andijon" bilan ham qiynalgan edik. Bugun iloji boricha vaziyatlarni gol bilan yakunlashga harakat qildik. Muhimi jamoa g'alabasi. 


"Paxtakor"ga moslashishim qaysidir manoda ozgina qiyin bo'ldi. Xudoga shukur jamoadoshlarim ancha qo'llab-quvvatladi. Murabbiy ishonch bildirdi.


"Navbahor"dagi yorqin o'yinlarimni bu erda ham ko'rsatishga intilmoqdaman. O'yinim chiqmagan paytda ishonchsizlik bo'lgani yo'q. Hammasi yaxshilikka xizmat qilishini bilardim. Bu eng yaxshi o'yinim emas, eng yaxshi o'yinlarim oldinda",- deydi Turg'unboev.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia