Aziz To'xtaboev: “Biz Liga Kubogida g'oliblik uchun kurash olib boramiz”

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2019, 20:45
Liga Kubogi “V” guruhi 2-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvidan keyin matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchisi Aziz To'xtaboev qatnashdi.

- Bugungi o'yinda g'alaba qozonib, muxlislarimizni xrsand qildik. Birinchi bo'limda o'yinimiz biroz qovushmadi. Ikkinchi taymda o'z o'yinimizni topdik va raqibni yirik hisobda dog'da qoldirdik. Bugun shogirdlarimning o'yinidan qoniqdim. G'alaba qozongan bo'lsak-da, kamchiliklar yo'q emas. Xatolar ustida ishlaymiz.

Biz ushbu turnirda g'oliblik uchun kurash olib boramiz. Bugun bizni stadionda qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz