Aziz Ibragimov: "Navbahor"dan tashqari barcha jamoalarga gol urdik"

12 may 2018, 18:14
Kecha superliga 11-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu turda Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi o'z uyida Buxoroning "Buxoro" jamoasini qabul qilib 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuv yakunlanganidan so'ng "Buxoro" futbolchisi Aziz Ibragimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Lokomotiv" jamoasi futbolchilari darvozamiz tomon 4 marotaba zarba berdi, shulardan uchtasi darvozamiz to'ridan joy oldi. Har o'yinda gol uryapmiz, lekin o'z darvozamizdan to'p olib chiqyapmiz. Faqat bitta o'yinda "Navbahor"ga gol urolmadik. "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda yomon o'ynamadik, deb o'yalyman. Bizga biroz omad yetishmayapti", - deydi Aziz Ibragimov


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi


Manba: championat.asia