Aziz Haydarov: "Tanaffusda Filippin - KXDR uchrashuvi haqida qiziqmadik"

Aslanov Jasurbek
30 mar 2016, 12:13
O'zbekiston - Bahrayn uchrashuvidan (1:0) so'ng yarim himoyachi Aziz Haydarov bahs borasida fikrlarin bilan bo'lishdi.

"Bahrayn Osiyo chempionati yo'llanmasi uchun kurashayotgan edi va bugun shunga yarasha o'yin namoyish etishdi. Bahraynliklar ko'proq hujum qilishini kutgandik va biz qarshi hujumlar bilan javob qaytardik. 1:0 hisobida zafar quchdik. Bugun muxlislar kutgan o'yinni namoyish eta olmagan bo'lishimiz mumkin, ammo bu ham g'alaba degani.

20 kun o'yin amaliyotisiz qodldim. Uchrashuvni so'nggi 20 daqiqasida charchaganimni his qildim. Ammo jamoadoshlarim menga yordam berishdi va buning uchun ularga rahmat aytaman.

Keyingi bosqichdagi g'alabalar bilan bu uchrashuvlar unutiladi deb o'ylayman. Bugun muxlislarimiz uchun bayram bo'ldi.

Tanaffus paytida Filippin - KXDR bahsi borasida hech qanday ma'lumot olganimiz yo'q. Oldimizga g'alaba qozonish vazifasi qo'yilgan edi. Murabbiy bugun muxlislar uchun chiroyli o'yin ko'rsatishimizni so'ragandi" - deydi Aziz Haydarov.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia