

Aziz Asimovga qanotlarda Alisher Usmonov va Timur Gaynullin yordam beradi. Zaxira hakami vazifasini Sherzod Qosimov bajaradi. Uchrashuv komissari sifatida Xitoy Taypeyi vakili Chang Chin Po ishlaydi. Hakamlar nazoratchisi – Pereyra Uotler Edvard (Hindiston).
“Al-Vehdat” – “Al-Vahda” javob o'yini 30 may kuni Iordaniya poytaxti Amman shahrida bo'lib o'tadi. Dastlabki bellashuvda “Al-Vahda” 4:1 hisobida g'alaba qozongan.



