

- O'yin qiyin o'tdi. Uchrashuvga ko'rilgan yaxshi tayyorgarlik samarasi o'laroq g'alaba qozondik. Murabbiylarimizning tanlagan taktikasi ish berdi. Shuningdek, bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat aytaman. Ularning daldasisiz g'alaba qozonish qiyin ish. Keyingi uchrashuvlarda ham g'alaba qozonib muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.
- Azim, tribunadan ayrim muxlislarning sizning manzilingizga bo'ladigan turlicha so'zlari eshitilib turadi. Bu sizga o'yin davomida qanchalik ta’sir qiladi?
- Bu albatta futbolchiga ruhan ta’sir qiladi. Butun o'yin davomida o'sha menga baqirayotgan muxlislarni so'zlari uchrashuvga bo'lgan konsentratsiyani ushlashda halaqit beradi. Istaysizmi-yo'qmi, hayolingiz o'sha tomonga kyetib qolaveradi. Buning natijasida esa asab buziladi va oddiy vaziyatlarda to'pni yo'qotib qo'yish kabi texnik xatolar vujudga keladi. Har bir futbolchi uchun bu yoqimsiz holat. Ammo qo'ldan kelgancha yaxshi o'ynashga va o'yin davomida bularga e'tibor bermaslikka harakat qilyapman.




