Rasman: "Metallurg" Azim Ahmedov bilan shartnoma imzoladi

Оқил Абдубарноев
14 fev 2026
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Metallurg" tarkibni kuchaytirish ishlarini jadal suratlarda olib bormoqda.

Jumladan, "Navbahor" sobiq futbolchisi Azim Ahmedov yangi mavsumda bekobodliklar sharafini himoya qiladi.

Ma'lumot uchun, Ahmedov o'tgan mavsum "Navbahor" safida barcha musobaqalarda 23 o'yinda maydonga tushib, 1 gol va 1 assist qayd etgan.

Azim Ahmedov futbolchilik faoliyati davomida "Navbahor", "Paxtakor" va "Turon" klublari safida to'p tepgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Металлург" матбуот хизмати