Azim Ahmedov: "Kelgusi bosqichda qaysi jamoaga ro'baro' kelishimizning ahamiyati yo'q"

Оқил Абдубарноев
3 sen 2022
Coca Cola O'zbekiston kubogi chorak finali doirasidagi "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng mezbonlar futbolchisi Azim Ahmedov g'alaba taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugun jamoamizga g'alaba suv va havodek zarur edi. Qolaversa, muxlislar ham namanganliklarning g'alabasini kutishayotgandi. Muhimi, o'zimiz ko'zlagan maqsadimizga erishdik. Bugun biz o'zaro hamjihatlikda harakat qildik, g'alabamizga asosiy omil sifatida shu jihatni ko'rsata olaman. Kelgusi bosqichda qaysi jamoaga ro'baro' kelishimizning ahamiyati yo'q, faqatgina g'alaba uchun kurashamiz", dedi Ahmedov.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia