Azar: “Keyingi mavsum ham “Real”da bo'laman. Anchelottini xurmat qilaman, ammo ...”

Eldor Akmurzayev
14 mar 2023
“Real” vingeri Eden Azar jamoadagi kelajagiga aniqlik kiritdi va Karlo Anchelotti bilan munosabatlari haqida gapirdi.

“Kelajakda nima bo'lishi hech qachon aytolmaysan, ammo kelayotgan yoz klubdan ketishim ko'rib chiqilmayapti. Keyingi mavsum ham “Real” futbolchisi bo'laman.

Anchelottiga xurmat bilan munosabatdaman, ammo biz suhbatlashmaymiz”, deydi Azar.

Eslatib o'tamiz, 32 yoshli belgiyalik 2019 yildan beri madridliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum La Ligada 3 o'yinda qatnashdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru