Azamat Abdullaev va Otabek Haydarov Qirg'iziston kubogini qo'lga kiritdi

Aslanov Jasurbek
20 sen 2021
Hamyurtlarimiz Azamat Abdullaev va Otabek Haydarov hozirda Qirg'iziston chempionati ishtirokchisi “Neftchi” jamoasida to'p tepmoqda.

18 sentyabr kuni Qo'chqor-ota  shahrining “Neftchi” klubi Qirg'iziston kubogi finalida “Alga”ga qarshi maydonga tushdi. Asosiy vaqtda darvozalarga to'p kiritilmadi. Penaltilar seriyasida esa 4:2 hisobida “Neftchi” jamoasi g'alaba qozondi va kubokni qo'lga kiritdi. 

Mazkur uchrashuvda himoyachi Azamat Abdullaev va hujumchi Otabek Haydarov maydonda to'p tepdi va jamoasi g'alabasiga o'z hissasini qo'shdi. Eslatib o'tamiz, Azamat Abdullaev 2019 yilda ham “Neftchi” bilan mamlakat kubogini qo'lga kiritgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia