Ayollar Osiyo Chempionati U-19: O'zbekiston Xitoy, Yaponiya va Avstraliya bilan bir guruhda

Aziz Tukhtamuradov
13 may 2015, 19:12
Bugun shuningdek ayollar o'rtasidagi U-19 Osiyo Chempionatiga ham qur'a tashlandi.

Qur'a natijasiga ko'ra O'zbekiston ayollar U-19 terma jamoasi “A” guruhidan o'rin oldi. O'zbekistondan tashqari bu guruhdan Xitoy, Yaponiya va Avstraliya terma jamoalari ham joy olgan.

Ma'lumot uchun, Osiyo Chempionati 18-25 avgustda Xitoyning Nankin shahrida bo'lib o'tadi.

Qur'a natijalari:

“A” guruhi: Xitoy, Yaponiya, Avstraliya, O'zbekiston

“V” guruhi: Janubiy Koreya, KXDR, Tailand, Eron


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: the-uff.com