Ayollar olimpiya terma jamoamiz Iordaniyaga mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
16 mar 2015
O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Iordaniya poytaxti Amman shahrida bo'lib o'tayotgan Olimpiada-2016 saralash 1-bosqich bahslaridagi uchinchi uchrashuvini o'tkazdi.
Vyacheslav Soloxo shogirdlari Falastin (6:0) va Gonkong (1:0) terma jamoalarini mag'lub etishgandi. Kecha qizlarimiz mezbon iordaniyalik futbolchilar bilan hisob-kitob qilishdi va 0:2 hisobida yutqazib qo'yishdi.

Guruh g'olibi bo'lgan Iordaniya keyingi bosqichga yo'llanma oldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia