Ayollar futboli. Osiyo mintaqasi 1-bosqichi saralashiga qur'a tashlandi. O'zbekiston raqiblarini bilib oldi

Sherzod Nurmatov
12 yanv 2023
Parij-2024 Olimpiya o'yinlarining ayollar futboli bo'yicha Osiyo mintaqasi 1-bosqichi saralash o'yinlariga qur'a tashlandi.

Bugun Parij-2024 Olimpiya o'yinlarining ayollar futboli bo'yicha Osiyo mintaqasi 1-bosqichi saralash o'yinlariga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra, O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi "A" guruhidan joy oldi. Raqiblar – Iordaniya, Timor Leste  va Butan.



Ikkinchi bosqichga faqat guruh g'oliblari yo'l oladi. Ular Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Avstraliya va KXDR qatoriga qo'shiladi.

Birinchi bosqich uchrashuvlari aprelda o'tkaziladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати