Ayollar futboli. Osiyo chempionatiga chiqqan 5ta jamoa ma'lum

Aslanov Jasurbek
25 sen 2021
Ma'lumki, kelasi yil Hindistonda ayollar futboli bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Mazkur musobaqa 20 yanvar - 6 fevral oralig'ida o'tkaziladi. Hozirda Osiyo chempionatiga saralash davom etmoqda. Bugungi kunga kelib mezbon Hindistondan tashqari Osiyo chempionatida ishtirok etadigan yana beshta jamoa ma'lum bo'ldi. Bular - Yaponiya, Avstraliya, Xitoy, Janubiy Koreya va Filippin. 

Xabaringiz bor, O'zbekiston ayollar terma jamoasi Toshkentda o'tgan saralash bahsida Janubiy Koreyaga 0:4 hisobida mag'lub bo'lib, qita birinchiligiga chiqa olmadi. Hindistonda bo'lib o'tadigan musobaqada jami 12ta jamoa qatnashadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia