"Ayntraxt" Xauge uchun "Milan"ga 12 million evro taklif qildi

Alisher
4 avg 2021
"Milan" yarim himoyachisi Yens Xauge faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 21 yoshli norvegiyalik futbolchi uchun "Ayntraxt" klubi davogarlik qilmoqda.

Bir oy oldin nemis klubi o'yinchi uchun 7 mln evro taklif qildi, ammo "Milan" rad javobini berdi. Endi nemislar 12 mln evro taklif qilishmoqda.

Xauge o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano