"Ayntraxt" "Milan" futbolchisi uchun 7 million evro taklif qildi

Alisher
5 iyul 2021
"Ayntraxt" "Milan" yarim himoyachisi Yens Petter Xaugeni xarid qilmoqchi.

Nemis klubi 21 yoshli norvegiyalik futbolchi uchun 7 million evro taklif qildi, ammo rad javobini oldi.

Frankfurt klubi muzokaralarni davom ettiradi va taklifni kuchaytirishga tayyor. Italiya klubi futbolchining sotuvidan 15 million evrodan kam ishlamoqchi emas.

Xauge o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano