“Ayaks” bosh murabbiyi: “Ramosning yo'qligi - “Real” uchun ham jismonan ham ruhan zarbadir”

“Ayaks” ustozi Erik Ten Xag “Real”ga qarshi uchrashuvdan oldin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Ramos - “Real” uchun katta yo'qotish. Modrich va Kroos maydon markazi boshliqlari,  biroq Ramos - himoyaning yuragi. Uning yo'qligi jamoa uchun ham jismonan ham ruhan katta zarba bo'ladi. Ammo ular Ramossiz ham maqsadlariga yetishi mumkin”,-deydi Ten Xag. 

YCHL 1/8 finali javob uchrashuvi doirasida “Real” “Ayaks”ni 5 mart sanasida Madridda mehmon qiladi.


Manba: UEFA.com