"Ayaks" 24 yoshli meksikalik futbolchi bilan shartnoma tuzdi

Sherzod Nurmatov
11 avg 2022
"Amerika" himoyachisi Xorxe Sanches "Ayaks" futbolchisiga aylandi, deya xabar berdi klub rasmiy sayti.

24 yoshli meksikalik bilan shartnoma 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Yosh futbolchi yangi klubida 19-raqam ostida to'p tepadi. Transfermarkt  portali kelishuvni 5 million evroga baholamoqda.

Sanches o'tgan mavsum barcha turnirlarda 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: english.ajax.nl