va jamoasini bir necha bor sardor sifatida maydonga boshlab tushgan Ahrol Risqullaev chempionatning ikkinchi davrasini muammolar tufayli maydondan tashqarida o'tkazdi.Hozirda Namanganning "Navbahor" klubi mashg'ulotlarida ishtirok etayotgan Risqullaev "CA" uchun intervyu berib o'tdi.
- Ayni vaqtda "Navbahor" jamoasi yig'inida ishtirok etmoqdasiz. Bu jamoa siz uchun albatta notanish emasdir?
Ha albatta hozirda "Navbahor"ning yig'inlarida ishtirok etmoqdaman. Hali jamoada qolishim ma'lum bo'lgani yo'q. Men uchun "Navbahor"dan yaxshi xotiralar qolgan. Bu jamoa men uchun begona emas. Namangandagi yig'inni yakunladik endi Toshkentda yig'inni boshlaymiz. U yerdagi yig'indan so'ng jamoada kimlar qolishi ma'lum bo'ladi.
- Bizga ma'lumki siz o'tgan mavsumni ikkinchi qismini futboldan tashqarida o'tkazdingiz. Bu sizning faoliyatingiz uchun qay darajada ta’sir o'tkazdi ?
Bunday holat kutilmaganda sodir bo'lgan bo'lsada meni faoliyatimga ta’sir o'tkazgani yo'q. Futbolchi uchun eng muhimi bu o'z ustida ishlashdir. Futboldan umuman tashqarida bo'ldim deya olmayman. Aksincha o'zim uchun, jismoniy holatimni ushlab turish uchun doimiy va har doimgidan ko'proq ishladim. O'ylashimcha bunday holat ko'proq yosh futbolchilarga ta’sir o'tkazishi mumkin lekin biz allaqachon futboldan tajriba to'plab oldik. Katta o'yinsiz qolganim bu yomon albatta lekin ushbu yig'inlar davomida faoliyatimni to'liq tiklamoqdaman.
- "Dinamo"da bo'lib o'tgan vaziyat bo'yicha sizdan izoh so'rardik. Bu qanday sodir bo'lgan? (tax. O'tgan mavsumda Axrol Risqullaev "Dinamo" jamoasida birinchi davrani o'tkazdi va ikki davrani disflikaciya tufayli maydonga tusha olamadi)
Bu voqealar bo'lib o'tdi va endi nafaqat eslash yoki kimnidir aytib o'tishdan umuman mano yo'q deb bilaman. Bu kimgadir kerak bo'ldi va sodir bo'ldi. Faqat men bilan sodir bo'lganda ham buni oddiy qabul qilish mumkin edi lekin yana boshqalarga ham ta’sir o'tkazgani bu bir kishini ishi va kimdir bundan maanfatdor bo'ldi. Har kimni vijdoniga havola va kimda gunoh bo'lsa o'sha inson bir kun albatta jazolanadi.
- Endi navbatdagi mavsum uchun rejalar qanday?
"Navbahor" jamoasi bilan har bir uchrashuvda g'alaba qozonishni istayman. Bu jamoaning g'alabalariga o'z hissamni qo'shmoqchiman.
Humoyun Davurov suhbatlashdi