

Uchrashuvda muhim fikrlar bildirildi, maslahatlar berildi. Avvalgi mundialda qatnashgan futbolchilardan xulosa qilish kerakligi aytildi.
"Bir iltimosimni futbolchilar eshitishi kerak. Avval ham Jahon chempionatlarida ishtirok etganmiz, tajriba to'plaganmiz. O'sha paytda ham mashinalar berilgan. Mashg'ulotlar qolib kyetib, har xil o'rtoqlar paydo bo'lgan. Ular mashhurligiga o'rtoq, xolos. Do'st bunday bo'lmaydi. Bunday o'rtoqlarni haydanglar. Bizni ziyofatlarga borishga vaqtimiz bo'lmaydi. Bir narsaga erishish uchun bir narsani qurbon qilish kerak. Vaqt tez o'tadi. Bir daqiqani ham bekor o'tkazmaslik kerak.
Katta futbolchi bo'lib samolyotingiz bo'lsin, lekin oyog'ingiz erdan uzilmasin. Manmanlikka berilmaslik lozim. Oyoq erdan uzilmasa, xudo ham yo'lingizni ochadi. Og'ir bosiqlik, murabbiylar ko'rsatmasi bilan ishlansa yaxshi bo'ladi. Sizlar ruhan kuchli futbolchisizlar. Buni maydonda ko'rsatdinglar. Baland ruh bilan keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rilsa, hech qanday hakam to'sqinlik qila olmaydi. Ertaga kim shunga amal qilsa, akalarimiz xatolarini takrorlamasak, oxirgi manzilgacha yetib bora olamiz",- deydi Ravshan Ermatov.



