Avstriya - Shimoliy Makedoniya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Aslanov Jasurbek
13 iyun 2021
Takidlash joizki, eng yaxshi o'yinchi to'p kiritmagan.

Avstriyalik himoyachi David Alaba Evro-2020'da Shimoliy Makedoniyaga qarshi uchrashuvning (3:1) eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

28 yoshli futbolchi ushbu o'yinda g'alaba golini urgan Maykl Gregorichga golli pas berdi.

Eslatib o'tamiz, Alaba Yevropa chempionatidan oldin erkin agent sifatida "Bavariya"dan "Real" safiga borib qo'shilgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: