Avstraliya hukumati KXDR (U-19) jamoasini mamlakatga kiritmadi

Narzulla Saydullayev
11 okt 2017
KXDR (U-19) terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bahslarini o'tkazish uchun Avstraliyaga bora olmaydi.

Avstraliya hukumati Shimoliy Koreya terma jamoasi futbolchilarini mamlakat hududiga kiritmaslikka qaror qildi. Bunga KXDRning noqonuniy yadro dasturi sabab bo'ldi.

Koreyslar 8 noyabr kuni Viktoriya shtatidagi Shepparton shahrida Avstraliya bilan o'yin o'tkazishlari kerak edi.

Endi uchrashuv neytral maydonda o'tishi kutilmoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sbs.com.au