

Eslatib o'tamiz, avvalroq jamoaning 5 nafar futbolchisi mahalliy policiya yordamida mehmonxonadan qochib ketgan va ularga gumanitar vizalar berilgan edi. Keyinroq yana ikki nafar sportchi Avstraliyadan boshpana so'ragani ma'lum bo'ldi. Biroq boshpana olgan futbolchilardan biri yakunda baribir vatanga qaytishga qaror qilgan.
Tahdid va norozilik namoyishlari:
Eron davlat televideniesi boshlovchisi Muhammad Rizo Shahboziy madhiya kuylamagan qizlarni keskin tanqid qilib, shunday degan edi:
"Urush vaqtida xoinlarga nisbatan qattiqqo'lroq munosabatda bo'lish kerak".
ESPN nashrining xabar berishicha, jamoaning kuzatilishi mehmonxona va aeroport oldidagi kuchli norozilik namoyishlari bilan kechdi. Avstraliyada yashovchi eronliklar sportchilarning vatanga qaytgandan keyingi xavfsizligidan qattiq xavotirlanib, ularning Eronga uchib ketishiga yo'l qo'ymaslikka harakat qilishdi.
So'nggi taklif va chegara nazorati:
Manbalarga ko'ra, futbolchilar Avstraliya chegara nazoratidan o'tayotganda mahalliy rasmiylar va tarjimonlar har bir qizni kuzatuvchilarsiz, yakka tartibda chetga chaqirib, ularga siyosiy boshpana taklif qilishgan. Bazi qizlar bu taklifni muhokama qilish uchun Erondagi oila a'zolariga qo'ng'iroq qilishgan. Ammo yakunda delegaciyaning boshqa hech bir a'zosi Avstraliyada qolishni istamagan.



