

"Bularning barchasi yolg'on. Matbuotda yozilayotgan gaplarga ko'p ham ishonavermanglar", - deydi De Laurentis.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus" Iguain bo'yicha "Napoli"ga 75 million evro taklif bilan chiqayotgani va turinliklar argentinalik hujumchi bilan o'zaro 4 yillik shartnoma borasida kelishib olganliklari haqida xabarlar tarqalgandi.
Italiyalik mashhur jurnalist Di Marcio "Yuventus" Gonsalo bilan shaxsiy kelishuvga erishgani haqida o'zining tvittyerdagi sahifasida yozib qoldirgandi.
Odatda Di Marcioning transferlarga oid xabarlari to'g'ri chiqib keladi.



