"Atletiko"ning YCHL doirasida "Santyago Bernabeu"ga safarlari statistikasi

Omonjon To`xtamirzayev
4 mar 2025
Xabaringiz bor, bugun tunda UEFA Chempionlar Ligasi doirasida "Madrid derbisi"ga guvoh bo'lamiz.

Ushbu jamoalar "Santyago Bernabeu"da 3 bor to'qnash kelishgan. Ularning barchasida "Real" g'alaba qozongan, to'plar nisbati 8:2 mezbonlar foydasiga.

E'tiborli jihati, "Atletiko" ikkita golini ham 1958/59-yilgi mavsumda urgan. Dastlabki bahsda "Qirolli klubi" safida Ektor Rial hamda Alfredo di Stefano gollariga mehmonlar Chuzoning aniq zarbasi bilan javob bergan bo'lsa, ikkinchi to'qnashuvda Alfredo di Stefano hisobni ochgan, Ferenc Pushkash g'alaba to'piga mualliflik qilgan. "Atletiko"ning yagona golini Enrike Kolyar urgan.   


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia